14 yoshgacha bolalari bo‘lgan nafaqa oluvchi oilalar 2,5 barobardan oshadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, ikki yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalar soni har oyda 14-15 mingtaga oshirilib, dekabr oyida 400 mingtagacha yetkaziladi yoki yil boshiga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ko‘paytiriladi;
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan nafaqa oluvchi oilalar sonini yil boshiga nisbatan 2,5 barobardan ortiqqa oshirib, ularning soni dekabr oyida 700 minggacha yetkaziladi;
kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam oluvchilar soni yil boshiga nisbatan 1,5 barobarga oshirilib, 100 mingtaga yetkaziladi.
Umuman olganda, ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 600 mingga ko‘payib, joriy yilning dekabr oyida 1,2 millionga (mamlakatdagi jami oilalarning qariyb 14,1 foizi) yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda va bunga byudjetdan qo‘shimcha 426 milliard so‘m ajratiladi.