17 avgustdan hududlar o‘rtasida transport qatnovi tiklanadi
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:
2020 yil 17 avgustdan boshlab:
- hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;
- jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun:
- har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37°S va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi;
- jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik.