18 iyulgacha O‘zbekistonda anomal issiq kuzatiladi, tog‘larda sel xavfi bor

«O‘zgidromet» ma’lum qilishicha, 11-18 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan juda issiq havo oqimi kirib keladi. Shu sababli respublikamiz bo‘ylab o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 5-7 darajaga yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.

Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +43...+45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Shuningdek, harorat ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlariga glyasial (muzli) sel oqimlari o‘tishi mumkin.