2 nafar bola mast va uchar haydovchi sabab qurbon bo‘ldi
Joriy yilning 13 avgust kuni soat 14:45 larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R 181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.Q. “Neksiya-2” rusumli transport vositasini mast holda, yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini urib yuborgan.
Natijada velosipedchi 2009 yilda tug‘ilgan R.G. va velosiped yo‘lovchisi 2010 yilda tug‘ilgan Sh.N.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmokda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.