20 yashar fermer yigit uyi molxonasida osilgan holda topildi
- 30.01.2019 12:07
- 488
- Jamiyat
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 28 yanvar kuni 21 yoshli O.N o‘z uyi molxonasida osilgan holda topildi. Paxtachi tumanining Istiqbol mahallasida fermerlik bilan shug‘ullanib kelgan yigitning nega o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.
Yaqin qo‘shnilaridan birining aytishicha, voqea 28 yanvar kuni kechki payt sodir bo‘lib, yigitning onasi mollarga suv bergani molxonaga kirganida, o‘g‘lini qo‘y bog‘laydigan arqon bilan yog‘och to‘singa osilgan holda ko‘rgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, O.N. nafas yo‘llarining berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida o‘lganligi aniqlangan.
O‘lim sabablari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ammo marhumning yaqin qarindoshi oilada beshta jon, boshqalar qatori zo‘rg‘a kunini ko‘rib yashashini, yigitning ruhiy muammosi yo‘qligini, bu holatdan barcha birdek hayronligini aytdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘z joniga qasd qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand