2000 AQSh dollari olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib 8000 AQSh dollari talab qilgani, biroq hujjat topshirish muddati o‘tganligini ma’lum qilib, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o‘qishga kiritish evaziga talab qilingan pullardan 2000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.