2019 yil Samarqand viloyati hayotida (iyul, avgust, sentyabr)

Iyul

9 iyul - Samarqand shahrida MDH mamlakatlari Turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda birinchi turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

***

Samarqand davlat universiteti hamda Yaponiyaning SOKA va Kogakuin universitetlari o‘rtasida qo‘shdiplom ta’lim dasturi bo‘yicha bitimlar imzolandi.

11 iyul - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi hamkorligida Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazida yangi tashkil etilgan “Start up” inkubator markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

13 iyul - Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy assotsiatsiyasi (CODA) bosh kotibi Xe Chjenvey boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillari Samarqandda mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Хэ Чжэньвей: Ҳозир Ўзбекистонга инвестция киритиш учун қулай фурсат

20 iyul - Bulung‘ur tumanida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li asos solgan dostonchilik maktabi an’analarini davom ettirish maqsadida “Baxshilar sayli” o‘tkazildi.

43_Булунғур бахшилар сайли.JPG

26 iyul - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi va viloyatning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportining 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi terminalini qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirishga oid loyiha taqdim etildi.

Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali atrofida 360 gektar maydonda turistik markaz qurilishi belgilandi.

photo5192878820124896150.jpgphoto5192878820124896155.jpg

***

Samarqand viloyati 2019 yilning birincha yarmida mobil aloqa abonentlari soni 2 million 126 mingtani, IPTV xizmati foydalanuvchilari soni 4,5 mingtani tashkil qildi. Internetdan foydalanuvchilar 850 mingdan ortiq. 2019 yil 6 oyida viloyat bo‘yicha 335 kilometr optik tolali aloqa kabellari tortildi.

***

2019 yilning  yanvar-iyun oylarida Samarqandga tashrif buyurgan 1 million 433 ming turistning 227 ming nafarini xorijlik sayyohlar tashkil etdi.

***

Yilning birinchi yarmida 572 ta loyiha bo‘yicha 2,3 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 300 ta loyihalar to‘liq foydalanishga topshirildi. 4 ming 367 ta yangi ish o‘rni yaratildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha 88,2 million AQSh dollari o‘zlashtirildi.

Avgust

13 avgust - Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Samarqand viloyati va Koreya Respublikasining ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi. Uchrashuvda umumiy qiymati 130 million dollar bo‘lgan 8 ta memorandum imzolandi.

17-18 avgust kunlari - umumxalq xayriya hashari yuksak uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

25 avgust - Samarqandga BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim tashrif buyurdi.

ЮНЕСКО Бош директори Самарқандга келди

26 avgust - Samarqand shahridagi Forumlar saroyida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) shafeligida tashkil etilgan anjumanda xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, dunyoning 77 davlatidan arxitektorlar, olimlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

***

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Dunyoning 85 davlatidan kelgan ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim tabrikladi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va YuNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nomoddiy madaniy merosi xalqaro axborot va hamkorlik markazi (ICHCAP) o‘rtasida Ipak yo‘lidagi madaniy merosni saqlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

28 avgust - “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Normurodov Hasan Norbekovichga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.

30 avgust  -  “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali yakunlandi. Bosh sovrin - Gran-pri O‘zbekiston vakili Mehrinigor Abdurashidovaga nasib etdi.

Sentyabr

5 sentyabr - Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Hadis ilmi maktabida ilk o‘quv yili boshlandi va 100 nafarga yaqin talabgorlar orasidan saralangan 12 nafar iqtidorli yoshlar tahsilga kirishdi.

7 sentyabr - Samarqand shahridagi Bog‘ibaland mahallasida anjir sayli o‘tkazildi.

12 sentyabr - Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan xalqaro hunarmandchilik festivali diorasidagi tadbirlarda Samarqandlik novvoylar dunyoga mashhur Samarqand nonini Qo‘qonda tayyorlab, festival qatnashchilariga ulashdi.

15 sentyabr - “Mo‘’jiza” amfiteatrida Kurash milliy sport turi kuni  munosabati bilan milliy kurash bo‘yicha “Viloyat hokimi sovrini uchun” xalqaro kurash musobaqasi o‘tkazildi.

18 sentyabr -  Samarqand eshkak eshish kanali atrofida turistik markaz qurilishi boshlandi.

20 sentyabr - Mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi poytaxti Anqara shahri meri Mansur Yavash boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.

22 sentyabr - Samarqand shahri Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF)ga a’zo bo‘ldi.

23 sentyabr - BMT Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligiga oid masalalar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

24 sentyabr - Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun “Orintation week”  haftaligi doirasida “Welcome to the University” nomli tadbir o‘tkazildi.

27-28 sentyabr - Xalqaro sayyohlik kuni munosabati bilan Samarqandda “Silk road bazaar” milliy hunarmandchilik va savdo festivali o‘tkazildi.

28 sentyabr - 38 nafar samarqandliklar “Mahalla iftixori“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.