2019 yilda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgan?

O‘zbekistonda sayyohlik vizasini olishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan davlatlar soni 77 taga yetdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, xorijiy mamlakatlardan 13 ta jamoatchilik va madaniyat arboblari O‘zbekiston sayyohlik brendining elchilari etib tayinlandi. Xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan 8 ta “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, xorijdagi 50 ta sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishiga yordam ko‘rsatildi. Natijada, shu davr ichida turistlar soni 27,1 foiz oshib, 6,23 million kishini tashkil etdi.