2020-2022 yillarda hududiy Investitsiya dasturi asosida Samarqandda 1033 ta loyiha ishga tushiriladi
2020-2022 yillarga mo‘ljallangan hududiy Investitsiya dasturi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 apreldagi 24/1-3061-1-sonli yig‘ilish bayoni hamda viloyat hokimining 2020 yil 25 fevraldagi 27-Q-sonli va 2020 yil 11 iyuldagi 101-Q-sonli qarorlariga asosan tasdiqlangan.
Hududiy Investitsiya dasturiga ko‘ra, 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 14 772,4 milliard so‘m va 16 966 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan 1033 ta loyiha ishga tushiriladi. 2020 yilda qiymati 3 913,1 milliard so‘mlik 804 ta loyiha amalga oshirilib, 9900 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Joriy yilning 8 oyida 450 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 1 806,6 milliard so‘m investitsiya kiritilib, 4501 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ushbu loyihalarning 238 tasi sanoat sohasida (qiymati 1 918,4 milliard so‘m va ish o‘rinlari soni 5077 ta), 388 tasi qishloq xo‘jalida (qiymati 1 323 milliard so‘m va ish o‘rinlari soni 2486 ta) hamda 178 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida (qiymati 671,8 milliard so‘m va ish o‘rinlari soni 1981 ta) amalga oshirilishi rejalashtirilgan.