2020 yilda 40 ta malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan o‘tkaziladi

Bunda faoliyatini ichki va tashqi baholash quyidagi 8 ta ko‘rsatkich yordamida aniqlanadi:

- tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi;

- davlat talablarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi;

- moddiy-texnika ta’minoti;

- pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyati;

- o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va AKTning joriy etilishi;

- ta’limning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati;

- bitiruv imtihonlari, malaka va bitiruv ishlarining bajarilishi;

- malaka oshirish va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar rasmiylashtirilishi va berilishi.

Mavjud yo‘nalishlarning umumiy soniga nisbatan 67 va undan ko‘p foizi attestatsiyadan o‘tsa, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkiloti «Attestatsiyadan o‘tdi» deb, 67 foizidan kam bo‘lganda «Attestatsiyadan o‘tmadi», deb hisoblanadi.