2021 yil nimalarga tayyor turish kerak?

Ortda – jamiyatni o‘zgaruvchan, keskin, yangi realliklarga moslashishga majbur qilgan epoxali og‘ir yil.

Oldinda – iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy, iqlimiy va boshqa ko‘plab umumiy muammolarni hal qilish kerak.

2021 yil BMT tomonidan «Xalqaro tinchlik va ishonch yili», shuningdek, «Barqaror rivojlanish sari kreativ iqtisodiyot», yili deb e’lon qilindi.

Kelgusi yilda nimalar kutiladi?

COVID-19

Carlos Giusti/Copyright 2020 The Associated Press. All rights reserved.

Koronavirus pandemiyasining kelajagi asosan ikki narsaga bog‘liq: infeksiya bilan kasallangandan keyingi immunitet tiklanishi va emlashlar samaradorligi.

Yevropada hammani vaksina bilan ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy tiklanish rejasini amalga oshirish va’da qilinmoqda.

Bayden erasi

Patrick Semansky/Copyright 2020 The Associated Press. All rights reserved.

Qo‘shma Shtatlarda Donald Tramp davri tugab, Jo Bayden davri boshlanadi.

Yangi saylangan prezident oldida yuz minglab odamlar umriga zomin bo‘lgan pandemiyani nazorat qilish hamda irqiy nizo va noroziliklar natijasida parchalanib borayotgan mamlakatni tiklash kabi qiyin vazifalar turibdi.

Iqlim

Francisco Seco/Copyright 2019 The Associated Press. All rights reserved

Bayden prezidentlik postini egallashining birinchi kunidayoq Parij iqlim shartnomasiga qaytishga va’da berdi. Kelishuv global isishning 1,5 gradus darajaga oshishini cheklash uchun harakatlar belgilaydi.

Migratsiya

Yorgos Karahalis/Copyright 2020 The Associated Press. All rights reserved

Yevropa qochqinlar oqimiga dosh beradimi? Migratsiya uchun yangi qonuniy yo‘llarni ochish kerakmi? Qanday bo‘lmasin, Yevropa Ittifoqi migratsiyani qisqartirish harakati uchun muvozanat topishi kerak.

Iqtisodiyot

Ng Han Guan/Copyright 2020 The Associated Press. All rights reserved.

2021 yilda global iqtisodiyotning tiklanishiga umid bog‘lash qiyin. Koronavirus pandemiyasi shokidan to‘liq tiklanish uchun kutilgandan ko‘proq vaqt, harakat, mehnat talab etiladi. Bu haqda Yevropa Markaziy banki rahbari aytdi. Kristin Lagard proteksionizm (davlatning tashqi savdo siyosati)ning xavfli tomonlarini ham aytib o‘tdi.

«Breksit»

Alberto Pezzali/Copyright 2020 The Associated Press. All rights reserved

«Breksit» (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) Yevropa Ittifoqiga qanday ta’sir qiladi? Buyuk Britaniya nihoyat 1 yanvar kuni Yevropa Ittifoqini tark etadi. Bu biznes, savdo va inglizlar, shu jumladan, chet elda yashovchi britaniyaliklar uchun yangi qoidalar kuchga kirishini anglatadi.

2021 yilning asosiy siyosiy sanalari:

1 yanvar: «Breksit» yilning birinchi kunida kuchga kiradi.

20 yanvar: Vashingtonda AQShning 46 prezidenti sifatida Bayden inauguratsiyasi o‘tkaziladi.

28 mart: 2020 yil ikkinchi yarmidagi hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng Bolgariyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Mart: Kosovaning qisman tan olingan parlamenti Gaaga sudining ayblov xulosasidan keyin Hashim Tachi iste’foga chiqqach, yangi prezident saylaydi.

6 may: Shotlandiyadagi parlament saylovlari natijalari mustaqillikka doir «Breksit» sababchi bo‘lgan referendum o‘tkazilishini belgilaydi. Chunki Shotlandiya Yevropa Ittifoqida qolishni xohlaydi.

18-21 may: Pandemiya Jahon iqtisodiy forumini Davosdan Singapurga ko‘chib o‘tishga majbur qildi.

18-22 may: pandemiya tufayli qoldirilgan «Yevrovideniye» qo‘shiq tanlovi o‘tkaziladi.

18 iyun: Eronda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.

11 sentyabr: tarixda sodir bo‘lgan eng yirik (AQSh) teraktning 20 yilligi.

19 sentyabr: Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

26 sentyabr: Bundestakka 20-saylovlar.

15-16 oktyabr: Chexiyada parlament saylovlari.

G.XOLDOROVA tayyorladi.