2021 yil oxirgi 50 yil ichida eng tezkor yil bo‘ladi

Buyuk Britaniya Milliy fizika laboratoriyasi olimlarining aytishicha, Yer yuzidagi odamlar so‘nggi 50 yil ichida eng qisqa yilga duch kelishadi. Bu yerning tezroq aylana boshlagani bilan bog‘liq deb xabar beradi mir24.tv.

Bu shuni anglatadiki, kunning davomiyligi 24 soatdan kam bo‘ladi.

Mail.runing yozishicha, bu haqda The Telegraph nashriga Buyuk Britaniya Milliy fizik laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Piter Uibberli xabar berdi.

24 soatni aniqlik bilan o‘lchab beradigan atom soati ixtiro qilinganidan buyon Yerdagi har bir kunning davomiyligi millisekund darajasigacha belgilangan. Aynan shu aniqlik tufayli Yerning vaqti har doim ham Quyosh vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki Yerning aylanishi sekinlashib bormoqda. Oddiy qilib aytganda, atom soatining ko‘rsatishicha, Yerdagi bir kun soniyaning bir qismi miqdorida ko‘proq davom etadi.

Quyosh va Yer vaqtini tenglashtirish uchun atom soati sozlab borishadi va olimlarning o‘zlari bir soniyani qo‘shib turadi. Shu tariqa 1970 yildan boshlab “Yer shari” soatiga 27 soniya qo‘shilgan edi.

Ammo 2020 yil o‘rtalariga kelib kun standart 86,400 soniyadan kam bo‘lib qoldi. Tezlashish o‘tgan yilning iyul oyida boshlangan. Bir necha kun davomida rekord ko‘rsatkichlari 28 marta urildi, ya’ni kun davomiyligi 24 soatdan yarim millisoniyaga qisqardi. Bu kunlar odatdagidan bir soniya tezroq o‘tyapti degani.

Endi fiziklar tarixda birinchi marta “salbiy qo‘shimcha soniya”ni qo‘shish zarurligini muhokama qilmoqdalar, chunki sayyora aylanishining tezlanishi tufayli Quyosh kunlari taqvim kunlaridan qisqaroq bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, sayyoraning haqiqiy aylanishiga mos kelishini ta’minlash uchun kun vaqtidan soniyalarni olib tashlashga ehtiyoj qolarmikin.

Olimlar agar Yer tezlikni oshirishda davom etsa, salbiy soniyani qo‘shish zaruratga aylanishini ta’kidlashmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.