2022 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaryapti?

- Yengil avtomobillarning faqat orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo‘ldi.

- Avtomobil oynasi tusini o‘zgartirishga ruxsatnomani my.gov.uz portali orqali navbatlarsiz olish imkoniyati yaratildi. Agar ruxsatnoma portal orqali rasmiylashtirilsa, 10 foizlik chegirma beriladi (2 million 160 ming so‘m).

- Joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 1iyuldan 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

- Pensiya tayinlashni rasmiylashtirish uchun faqat pasport yoki ID-karta yetarli bo‘ladi.

- Bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqatgina qonunlar bilan beriladi.

- Ayrim shifokorlarga uy olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

- Bo‘sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash tartibi bekor qilindi.