2022 yil sarhisobi: O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida nimalarga erishildi?

Birinchidan, pensiya va nafaqalar o‘rtacha 15 foizga oshirildi, 724 ming nafar ehtiyojmand aholiga 380 milliard so‘m berildi.

Ikkinchidan, joriy yilda ilk bor xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lash boshlandi.

Uchinchidan, kam ta’minlangan oilalarning 2 baravari ijtimoiy to‘lovlar bilan qamrab olindi (2022 yil boshida 1,2 mln. oila, yil yakunida 2,3 mln. oila qamrab olingan. 2021 yilda 6 trln. so‘m, 2022 yilda 11,4 trln. so‘m sarflangan).

To‘rtinchidan, pensiyalar o‘rtacha miqdori 1,1 mln. so‘mga yetkazildi va o‘tgan yilga nisbatdan 16 foizga oshdi.

Beshinchidan, ayollarga pensiya hisoblashda bolani parvarishlash davri amaldagi 3 yildan 6 yilgacha oshirildi.

Oltinchidan, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning onalari uchun 500 ming so‘mdan parvarishlash nafaqasi joriy etildi (35,1 ming oilaga bir yilda 157 mlrd. so‘m).

Yettinchidan, 18 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlandi va ularning soni 63 mingga yetdi.

Sakkizinchidan, eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan barcha maktab internat o‘quvchilari zamonaviy raqamli eshitish moslamalari bilan ta’minlandi.

To‘qqizinchidan, ilk bor 4 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar elektr yuritmali nogironlar aravachalari bilan ta’minlandi.

O‘ninchidan, 13,6 mingdan ortiq ko‘zi ojiz bolalar va kattalar zamonaviy reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlandi.