Payariq “avtoyo‘l”da byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Payariq tuman bo‘limi tomonidan ushbu tumandagi yo‘llardan foydalanish korxonasida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganilganda 112 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan korxona va tashkilotlar, muassasalarda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan muntazam o‘rganishlar o‘tkazilayotgani va sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishidan ogohlantirmoqda.