Xalq xizmati yo‘lida shahid ketganlar xotirasi barhayot

Ichki ishlar xodimi bo‘lib ishlash o‘ta mashaqqatli va mas’uliyatli sanaladi. Mashaqqatliligi shundaki, el osoyishtaligini ta’minlash uchun tun-u kun bedor va hushyor bo‘lish kerak, mas’uliyati esa ortingda yurting, mahallang, oilang, yaqinlaring tinchligi turadi.
Men 1995-1997 yillarda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlaganman. Ushbu lavozimga tayinlangan ilk kundan boshlab, ichki ishlar idoralarida ishlab, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda yurt osoyishtaligi, xalq xotirjamligini o‘ylab, jinoiy unsurlarga qarshi kurash jarayonlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan xodimlar mening asosiy e’tiborim markazida bo‘lgan. Bunday halol xizmat ko‘rsatib, halok bo‘lgan ichki ishlar xodimi esa men uchun qahramon sanalgan. Chunki ular vatan uchun, xalq uchun jonlarini fido qilgan. Shuning uchun, xizmat vazifasini o‘tash jarayonida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning xotirasini abadiylashtirish shart, ularni hech qachon unutmaslik zarur, deb hisoblaganman va buning uchun amaliy ishga kirishganman.
Jumladan, 1960-1995 yillar davomida xizmatini o‘tayotgan vaqtda qahramonlarcha halok bo‘lgan 62 nafar ichki ishlar xodimining nafaqat ism-sharifi, balki unvoni, mansab darajasi, xizmat qilgan ichki ishlar idorasi, dafn etilgan qabriston va qabrlarini aniqlab, ularning nomini abadiylashtirish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasining binosi oldida “Xotira majmuasi”ni tashkil etganman. Barcha qahramonlar dafn etilgan qabr va qabristonlardan olib kelingan tuproq “Xotira majmuasi” poyidagi mushtarak qabrga qo‘yilgan edi. Ushbu yodgorlik 1996 yilning avgust oyida tantanali ravishda ochilgan (suratlarda).
Xalq xizmati yo‘lida shahid ketganlar nomi mangulikka daxldor. “Xotira majmuasi”da o‘qiladigan muqaddas kitob kabi ikki ochiq sahifa – balandligi taxminan 8 metr keladigan devorlarda xizmat chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar idoralari xodimlarining nomlari alohida marmar taxtachalarga muhrlandi. Ular o‘rtasida “Hech kim, hech narsa unutilmaydi!”, degan kalom yozildi. Yodgorlik poyidagi manzara ham hech kimni befarq qoldirmagan: yodgorlik atrofiga 62 tup archa nihollari ekdik. Chunki archa uzoq umr ko‘ruvchi, mangu yam-yashil daraxt. Buning o‘ziga xos ramziy ma’nosi bor: shahidlar ruhi shu yashil archa daraxtlariga ko‘chib, doim barhayot yashaydi.
Bu maskan 1996 yilning avgust oyidan boshlab el osoyishtaligi, yurt tinchligi uchun xizmat qilishga axd etgan, yosh ichki ishlar idoralari xodimlari qasamyod qabul qiladigan dargohga aylangandi. Bu yerga marhumlarning qarindosh-urug‘lari, tanish-bilishlari, hamkasblari ular ruhiga hurmat bajo keltirish, ular nomini eslash uchun kelishardi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida mardlarcha halok bo‘lgan ana shu 62 nafar ichki ishlar organlari xodimlarining nomini esga olaylik:
ISROILOV Xo‘jakeldi - militsiya kapitani, Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi bo‘linma boshlig‘i, 13.11.1963 - 12.03.1991 y.
NAZAROV Nuriddin - militsiya leytenanti, Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori, 15.07.1922 - 03.12.1968 y.
DILMURODOV Toji - militsiya katta leytenanti, Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori, 10.06.1929 - 03.05.1973 y.
XOLBOYeV Otaboy - militsiya kichik serjanti, Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi ko‘riqlash bo‘linmasi militsioneri. 13.04.1932 - 02.04.1974 y.
RABIDINOV Sangin - militsiya serjanti, Temiryo‘l tuman ichki ishlar bo‘limi militsioneri, 27.12.1945 - 27.11.1974 y.
MAVLONOV Bozor - militsiya kichik leytenanti, Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi pasport stoli boshlig‘i. 10.01.1950 - 03.02.1976 y.
AHMEDOV Ali - militsiya serjanti, Past Darg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 25.11.1948 - 22.03.1976 y.
RIZAQULOV Ergash - oddiy militsiya xodimi, Past Darg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi militsioneri, 21.11.1952 - 23.05.1977 y.
GULOV Tolib - militsiya serjanti, Temiryo‘l tuman ichki ishlar bo‘limi militsioneri.12.04.1951-09.06.1977y.
ASLANOV Muhammadi - militsiya starshinasi, Urgut tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 14.02.1952 - 01.01.1979 y.
ASOMOV Toshbolta - militsiya kichik leytenanti, Chelak tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismi inspektori. 20.09.1946 - 02.01.1979 y.
BAROTOV Botir - militsiya katta leytenanti, Temiryo‘l tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 27.09.1949 - 31.05.1979 y.
EShMATOV Tolli - militsiya katta leytenanti, Temiryo‘l tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 19.01.1949 - 31.05.1979 y.
HASANOV Xayrullo - militsiya kichik serjanti, Ishtixon tumani ichki ishlar bo‘limi qo‘riqlash bo‘linmasi militsioner-haydovchisi. 20.11.1953 - 05.01.1980 y.
JO‘LMURODOV Sindor - militsiya katta serjanti, Nurota tumani ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 01.10.1939 - 21.06.1980 y.
MAMADALIYeV Murodali - militsiya oddiy xodimi, viloyat ichki ishlar bo‘limi maxsus bataloni militsioneri. 17.09.1949 - 03.08.1980 y.
G‘ULOMOV G‘ofur - militsiya serjanti, viloyat ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 05.03.1957 - 10.11.1980 y.
XUShVAQTOV Sattor - Urgut tumani ichki ishlar bo‘limi sanitar xizmati militsioneri. 11.02.1956 - 28.11.1980 y.
YoRQULOV Sayfullo - militsiya katta leytenanti, Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 18.08.1943 - 15.04.1981 y.
SUYuNOV Shamsiddin - militsiya leytenanti, Go‘zalkent tumani ichki ishlar bo‘limi DAN katta inspektori. 20.06.1954 - 21.04.1981 y
ORIPOV Odil - militsiya kichik serjanti, Nurota tumani ichki ishlar bo‘limi militsioneri. 02.03.1954 - 26.06.1981 y.
NOZIMOV Abdurazzoq - militsiya katta leytenanti, Go‘zalkent tumani ichki ishlar bo‘limi JQB katta tezkar vakili 10.05.1950 - 0.5.11.1981 y.
MUHAMMADJONOV Erkin - militsiya leytenanti, Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 17.09.1948 - 08.12.1981 y.
HAYDAROV Meli - militsiya kapitani. Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi axloq tuzatish inspeksiyasi inspektori, 18.03.1931 -15.12.1982 y.
JURAQULOV Shukrullo - militsiya kichik serjanti, Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi DAN katta inspektori, 29.07.1954 - 30.03.1983 y.
QO‘ChQOROV Eliboy - militsiya kichik serjanti. Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi militsioneri. 30.12.1949 - 25.07.1984 y.
LUKAShEV Viktor - militsiya polkovnigi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi o‘quv markazi boshlig‘i. 17.09.1932 - 05.04.1985 y.
FUZAYLOV Hamid - militsiya leytenanti. Samarqand tumani ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 24.10.1958 - 24.06.1986 y.
AHROROV Aziz - militsiya katta leytenanti. Siyob tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 19.04.1958 -13.09.1987 y.
BUTAKOV Abduvakil - ichki xizmat serjanti. 7-son tergov hibsxonasi korpus boshqaruvchisi. 10.08.1959 - 25.07.1988 y.
NE’MATOV Alisher - militsiya katta leytenanti. Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi qo‘riqlash bo‘linmasi boshlig‘i. 14.04.1950 - 30.07.1988 y.
QO‘YSINOV Abduhamid - militsiya katta leytenanti. Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 10.06.1951 - 16.08.1988 y.
XUShVAQTOV Tolmas - militsiya kichik serjanti, Ishtixon tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismi inspektori. 08.05.1959 - 01.10.1988 y.
QORABOYeV Omon - militsiya katta leytenanti. Chelak tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 05.08.1944 - 19.10.1988 y.
XOLMURODOV Zoyir - militsiya kapitani. Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 10.10.1957 - 20.03.1989 y.
XAMROYeV Murtazo - militsiya kapitani. Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi JQB tezkor vakili. 20.08.1952 - 09.07.1989 y.
XOLNIYoZOV Abdurasul - militsiya katta leytenanti. Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi DAN katta inspektori. 01.02.1958 - 05.09.1989 y.
NABIYeV Salohiddin - militsiya mayori. Urgut tumani ichki ishlar bo‘limi. 11.06.1948 - 20.09.1989 y.
RAJABOV Akbar - militsiya podpolkovnigi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi JQB bo‘linma boshlig‘i. 01.12.1943 - 20.09.1989 y.
ZAJIVIXIN Nikolay - militsiya leytenanti. Bog‘ishamol tumani ichki ishlar bo‘limi JQB tezkor vakili. 28.05.1954 - 25.08.1990 y.
HOTAMOV Zayniddin - militsiya kichik serjanti, Samarqand tumani ichki ishlar bo‘limi militsioneri. 03.07.1965 - 19.09.1990 y.
UMURZOQOV Abdurazzoq - militsiya leytenanti. Nurota tumani ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 21.05.1952 - 20.11.1990 y.
TOLLIBOYeV Xidir - militsiya serjanti. Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi qo‘riqlash bo‘linmasining komandiri. 15.09.1954 - 24.11.1990 y.
RAHMONOV Chaman - militsiya starshinasi, Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 10.09.1950 - 26.11.1990 y.
AHADOV Murodullo - militsiya mayori, Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi tibbiy hushyorxona inspektori. 02.01.1945-17.03.1991 y.
IBODOV Ismatillo - militsiya katta leytenanti. Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi maxsus rota komandiri o‘rinbosari. 02.04.1961 - 19.08.1991 y.
BAROTOV Sadriddin - oddiy militsiya xodimi. Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi militsioner-haydovchisi. 25.09.1965 - 22.06.1991 y.
SAVUROV Murod - militsiya serjanti. Qo‘shrabot tumani ichki ishlar bo‘limi militsioner-haydovchisi. 10.12.1953 - 13.10.1991 y.
ELMURODOV Fayzullo - militsiya mayori. Urgut tumani ichki ishlar bo‘lim DAN bo‘linmasi boshlig‘i. 09.05.1947 - 02.11.1991 y.
NORBOYeV Sunnatillo - militsiya katta serjanti, viloyat ichki ishlar boshqarmasi alohida batalon militsioneri. 13.05.1955 - 22.04.1992 y.
ZANJIROV Hikmatilla - militsiya leytenanti. Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 27.09.1965 - 25.07.1992 y.
KARGAPALOV Vladimir - militsiya podpolkovnigi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari. 29.10.1949 - 08.08.1992 y.
QUVONDIQOV Asliddin - militsiya kapitani, Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi JQB katta tezkor vakili. 26.05.1952 - 11.02.1993 y.
HASANOV Qurbonboy - militsiya katta leytenanti, Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining yordamchisi. 18.04.1958 - 11.02.1993 y.
EShMURODOV Olmos - militsiya katta serjanti, Chelak tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmasi militsioneri. 03.12.1963 - 16.06.1993 y.
SARMANOV Uralboy - militsiya starshinasi, Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 15.01.1950 - 03.07.1993 y.
JABBOROV Normahmad - militsiya mayori, Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 13.06.1949 - 15.10.1993 y.
OBLOBERDIYeV Fayoz - militsiya leytenanti, Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi JKB tezkor vakili. 23.12,1967 - 05.08.1994 y.
RAHMATOV Maqsud - militsiya katta serjanti, viloyat ichki ishlar boshqarmasi maxsus rotasi militsioneri. 09.05.1967 - 15.11.1994 y.
ODIROV Muxtorjon - militsiya starshinasi, Go‘zalkent tumani ichki ishlar bo‘limi uchastka inspektori. 13.04.1973 - 13.12.1995 y.
SAFAROV Shavkat - militsiya starshinasi, Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi kichik inspektori. 04.04.1958 - 17.12.1995 y.
TILAVOV Haydar - militsiya serjanti. Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi DAN inspektori. 12.06.1954 - 23.05.1987 y.
Men o‘zimning “Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kundaliklaridan” (2020 yil) va “Umr mazmuni yoxud dunyoga uyg‘oq nazar ila: Shuurumiz haqiqatlari” (2023 yil) deb nomlangan kitoblarimda mana shu 62 nafar ichki ishlar organlari xodimlari to‘g‘risida batafsil yozganman.
O‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan hamkasblarning oxiratlari obod bo‘lsin! Ularning qahramonliklari hozirgi kunda yurt osoyishtaligi, xalqimiz va jamiyatimiz xotirjamligi hamda xavfsizligini ta’minlashda kechayu-kunduz xizmat qilayotgan ichki ishlar idoralari xodimlariga ruh va kuch beradi, deb umid qilaman.
Uraimjon ABDUG‘ANIYeV,
yuridik fanlari nomzodi, iste’fodagi general-mayor, 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi.