2023 yilda AQSh uchun uchta asosiy tahdid va Baydenning asosiy vazifasi aytildi

AQShning Tashqi aloqalar kengashi preventiv harakatlar markazi direktori Pol Stars The Hill nashri uchun maqolasida 2023 yilda AQShga uch asosiy tashqi siyosat tahdidini aytdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinda AQSh va Rossiya yoki Xitoy, yoxud ikkalasi o‘rtasidagi xavf turadi. “Bu tahdid Qo‘shma Shtatlarga qarshi ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash bilan tahdid soladi”, - deydi Stars.

Tahdidlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bir vaqtning o‘zida yadro qurolidan foydalanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan besh mintaqa egalladi. Koreya yarim orolida yangilangan mojaro, Isroil va Eron o‘rtasidagi to‘qnashuv, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi urush, Janubiy Xitoy dengizidagi AQSh-Xitoy qarama-qarshiligi hamda Xitoy va Hindiston ishtirokidagi chegara to‘qnashuvlari.

Ro‘yxatni yadroviy qurolning tarqalishi tahdidi va iqlim o‘zgarishi kabi boshqa omillar oqibatlari yakunlaydi. "Sahel, Somali va Markaziy Amerikada kuzatilganidek, iqlim o‘zgarishi va boshqa ekologik omillar ayanchli oqibati tobora ortib bormoqda", deb yozadi Stars.

Amerikaning Foreign Policy nashri tahlilchilari fikricha, AQSh prezidenti Jo Bayden joriy yilda Ukrainaga qurol yetkazib berishga yanada ko‘proq e’tibor qaratadi.

Ukrainaga eng yirik harbiy yordam yetkazib beruvchi sifatida Bayden ma’muriyatining asosiy vazifasi Kiyevga jangni davom ettirish imkonini beruvchi qurol-yarog‘ni barqaror ta’minlash, shuningdek, kongressda respublikachilar tayyorgarligi va kuchli nazorati bo‘yicha AQSh oldidagi o‘z majburiyatlarini muvozanatlashdan iborat bo‘ladi.

Ammo, deydi tahlilchilar, Amerika yetakchisi o‘zining asosiy vazifasini amalga oshirishi bilan bir qator muammolarga duch keladi. Chunki Kiyevning moliyalashtirilishiga qarshi amerikalik siyosatchilar tobora ortib bormoqda.

Bundan tashqari, nashrning qayd etishicha, Bayden Xitoy bilan raqobat va Yevropadagi o‘z ittifoqchilari pozitsiyasiga e’tibor ham yangi yilda asosiy vazifalaridan bo‘lib qoladi.