2023 yilda Samarqandda 451,5 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratiladi

Bu “Samarqand viloyatida 2023 yilda aholi bandligini ta’minlash Dasturi”da belgilandi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining saksoninchi sessiyasida tasdiqlangan ushbu dasturga ko‘ra, 2023 yilda aholi bandligini ta’minlash maqsadida investitsiya dasturlari, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, qurilish hamda turizmni rivojlantirish sohalarida jami 451 596 ta doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari qabul qilindi.

Yaratiladigan ish o‘rinlarining 165 782 tasi doimiy, 203 360 tasi mavsumiy va 82 454 tasi norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga yaratiladi.

Shulardan birgina Investitsiya dasturlari doirasida 1013 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 17 219 ta ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgshan. Bunda tarmoq investitsiya dasturlari hisobiga 2 245 ta, hududiy investitsiya dasturlari hisobiga 14 974 ta ish o‘rinlari yaratiladi.