2024 yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o‘tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarni doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib boryapti.
Jumladan, 2024 yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridlar o‘rganilgan.
Natijada:
- 234 ta holatda jami 263,9 milliard so‘mlik xarid natijalari bekor qilingan;
- vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritilgan;
- huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborilgan;
- qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 44 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlangan.
Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda.