2026 yilda Samarqand shahri va tumanining qaysi maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi?

Bu yil shahardagi 4 ta, Samarqandl tumanidagi 3 ta maktabda qurilish ishlari amalga oshiriladi. 

Xususan, Samarqand shahar Bahor mahallasidagi 29-maktabni mukammal ta’mirlash;

- Vatanparvar mahallasidagi 41-maktabni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 720 o‘rin yangi bino qurish;

- Alisher Navoiy nomli mahalladagi 8-maktabni rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 420 o‘rinli o‘quv bino qurish);

- Bog‘imaydon mahallasidagi 60-maktabni rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 420 o‘rinli o‘quv bino qurish) belgilangan.

Samarqand tumanida esa Jo‘yisoy mahallasidagi 23-maktabni rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 660 o‘rin yangi bino qurish);

- Xaymar mahallasidagi 12-maktabni rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 420 o‘rinli o‘quv bino qurish); 

- Qorasuv mahallasidagi 8-maktabni rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 480 o‘rinli o‘quv bino qurish) ishlari davlat dasturiga kiritilgan.