Infografika: Dunyodagi eng baland binolar

Binolarning ko‘p qavatliligi shaharlarning umumiy ko‘rinishiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ushbu infografikada dunyo mamlakatlari shaharlarida joylashgan eng baland binolardagi qavatlar soni turli ranglarda ajratilgan.

Osmono‘par binolar ko‘plab mamlakatlarda qurilmoqda, ammo butun dunyo bo‘ylab 100 qavatdan baland bo‘lgan binolar soni unchalik ko‘p emas. Eng baland osmono‘par bino Dubaydagi Burj Xalifa (BAA) hisoblanadi. Texnik qavatlarni hisobga olmaganda, bu bino 162 qavatdan (ba’zi manbalarga ko‘ra 163) iborat.

Xitoyning 128 qavatli Shanxay minorasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan 123 qavatdan iborat “Lotte World Tower” binosi dunyodagi uchinchi eng baland inshoot hisoblanadi.

G‘arbiy yarim shardagi eng baland bino AQShning Chikago shahridagi Uillis minorasi bo‘lib, u 108 qavatdan iborat.  Rossiya poytaxti  Moskva shahridagi  95 qavatli “Sharq” Federatsiya minorasi Yevropadagi eng baland bino bo‘lib qolmoqda. Sankt-Peterburgdagi “Laxta” markazidan qisqaroq bo‘lsa-da, “Sharq” qavatlar bo‘yicha uni ortda qoldiradi.

Dunyoning boshqa qismlariga qaraganda, Yevropada kamroq osmono‘par binolar quriladi. Ba’zi shaharlarda hatto ko‘p qavatli uylarning qurilishi butunlay taqiqlangan. Masalan, Fransiya poytaxti Parijda bir nechta ko‘p qavatli binolar qurilgan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida ular mahalliy aholi orasida norozilikni keltirib chiqargan edi. Shundan so‘ng 2023 yilda shaharda 12 qavatdan baland binolarni qurish taqiqlandi. Ilgari ham shunga o‘xshash cheklovlar bor edi, ammo vaqti-vaqti bilan bunday qarorlar bekor qilingan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.