2050 yilga kelib Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan muzliklarning uchdan bir qismi erib ketadi

Ushbu xulosa YuNESKOning 2022 yilning 10 oyi yakunlari bilan bog‘liq hisobotida aks etgan. Mualliflarning fikricha, iqlim o‘zgarishiga qarshi qanday choralar ko‘rilmasin, Kilimanjaro vulqoni, Dolomit Alpi, Pireneya (Biskay ko‘rfazi va O‘rta yer dengizi oralig‘idagi Fransiya, Ispaniya va Andorradagi tog‘lar tizimi) va AQShdagi Yosemit milliy bog‘idagi muz massalarini endi saqlab bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, muzliklarning qolgan uchdan ikki qismini hali ham saqlab qolish mumkin, ammo global isish Selsiy bo‘yicha bir yarim darajadan oshmasa.

Hammasi bo‘lib 18600 ta muzlik, ya’ni dunyodagi har o‘ninchi muzlik YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ularning umumiy maydoni 66 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi.

YuNESKO mutaxassislari bu muzliklar har yili 58 milliard tonnaga yaqin suvni yo‘qotayotgani haqida ogohlantirmoqda. 12 oy ichida suvdan xuddi shuncha bir xil miqdorda Ispaniya va Fransiya foydalanadi. Bu dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi va muzliklar toza suv manbai bo‘lgan mahalliy aholi uning tanqisligiga duch kelishi mumkin.

YuNESKOning sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslangan hisoboti Misrda 6-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan COP-27 iqlim sammiti oldidan chop etildi.