«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 22 oktyabr, №133) sonida o‘qing
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilingani va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Samarqand shahrida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
***
21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.
***
Samarqandda taksi haqi 5 ming so‘m bo‘ldi. Avtobuslarni tushunsa bo‘lar, ammo taksilar kira haqi bunchalik tez oshishi insofdanmi? Narxni kim belgilaydi? Nazorat qiladigan idora bormi o‘zi?
***
Viloyat aholisining 65,7 foizi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 55,6 foiz aholiga viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi tomonidan toza ichimlik suvi yetkazib beriladi. Bugungi kunda viloyatda 1024 ta suv inshooti mavjud bo‘lib, shundan 469 tasi ta’mirtalab.