Osiyo chempionati: Sakkiz nafar bokschimizning barchasidan g‘alaba

Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham bokschilarimiz uchun omadli keldi.

Qit’a chempionatining kechagi kun bahslari bokschilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Qozog‘iston, Hindiston, Filippin, Koreya Respublikasi kabi davlat bokschilariga qarshi kechgan janglarda charm qo‘lqop ustalarimiz g‘alabaga erishishdi. 

Bokschilarimiz qayd etgan natijalar:

-48 kg: Robiya Baxtiyorova - Ofelia Magno (Filippin) - 5:0

-51 kg: Gulsevar Ganiyeva - Devika Gorpade (Hindiston) 5:0

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Viktoriya Baidukova (Qozog‘iston) 3:2

-50 kg: Behruz Xoldorov - Vishvanat Suresh (Hindiston) 3:1

-55 kg: Samandar Olimov - Beksultan Boranbek (Qozog‘iston) 5:0

-60 kg: Shoxrux Abdumalikov - Indra Sunar (Nepal) 5:0

-65 kg: Sayat Ilyasov - Ming Chen (Xitoy) 5:0

-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Gyubin Park (Koreya Respublikasi) 5:0