23-o‘lim: Buxoroda 58 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, 21 iyun kuni tumandan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

U “yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemor bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.