23 yoshli ayol chaqalog‘ini 5 millionga pulladi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 23 yoshli ayol o‘zining yangi tug‘ilgan o‘g‘lini pullayotganda qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yosh qishloq ayoli bolasini sotish uchun qo‘shni Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli xaridor topgan.

Voqea joyida 5 million so‘m evaziga bolani pullayotganlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi.