26 yildan so‘ng uy-joyga kadastr qilib berildi
Oqdaryo tumani “O‘zbekiston” mahallasi Qazoqxo‘ja qishlog‘ida yashovchi Anvarxon Sag‘dullayevga ko‘p yillar oldin marhum onasi Minavar Sag‘dullayevaga tegishli uy-joy uchun tuman kadastr bo‘limi tomonidan inventar hujjat tayyorlab berilgan. Lekin yashab turgan uy-joyi uchun tuman hokimining egalikni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori yo‘q.
Shu bois A.Sag‘dullayev joriy yil 16 fevralda Prezidentning Xalq qabulxonasi Oqdaryo tumani bo‘limi orqali yuqoridagi manzildagi uy-joyga nisbatan egalik huquqini belgilab, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish to‘g‘risida murojaat qilgan.
Murojaat asosida A.Sag‘dullayevning marhum onasi M.Sag‘dullayeva nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat etish tushuntiridi.
O‘zbekiston Dehqonlar uyushmasining 1995 yil 7 martdagi umumiy yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatning 135-tartib raqamida fuqaro M.Sag‘dullayevaga 1000 kvadrat metr yer maydonida uy-joy qurish uchun yer uchastkasi ajratilgan. Shu yer ajratish qarori asosida fuqaro A.Sag‘dullayev joriy yil 9 aprelda qilgan murojaati asosida qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan yakka tartibdagi turarjoyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi Oqdaryo tuman filiali tomonidan 2021 yil 9 aprelda mazkur uy-joyga kadastr yig‘ma jildi shakllantirilib, davlat ro‘yxatiga olingan.
Davlat kadastlari palatasi viloyat boshqarmasi axborot xizmati.