27 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga yubormoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan muntazam ravishda AQShga yuborish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida 1986 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi Sh.J. mahalliy fuqarolarning ishonchiga kirgan holda “O‘zbekiston-Turkiya-Meksika-AQSh” yo‘nalishi orqali AQShga yuborish evaziga 27 000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.