27 ta ob’yektga yetkazilgan zarar uchun 11,8 milliard so‘m to‘langan

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan 563 ta ruxsat beruvchi va 1 962 ta litsenziya yoki ruxsatnoma berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan. 2022 yildan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsat etuvchi hujjatlar “onlayn” tarzda rasmiylashtiriladi.

Litsenziya yoki ruxsatnomalar sonini kamida 30 foizga qisqartirilishi o‘z navbatida tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratadi.

Joriy yilda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan 27 ta jismoniy va yuridik shaxsga noturar ob’yektlar bo‘yicha yetkazilgan 11,8 milliard so‘m zarar qoplab berildi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 69 483 million so‘m (1 827 ta), dehqonchilikda tomchilab sug‘orishni joriy etish uchun 56 438 million so‘m (524 ta) hamda shaxsiy tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish uchun 2 889,8 million so‘mlik (623 ta) subsidiya ajratildi.

2022 yildan subsidiyalar ajratishda murojaatlar “Yagona darcha” tamoyili asosida qabul qilinishi, jarayonda ishtirok etadigan davlat idoralari sonining 2-3 barobarga qisqarishi va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga olib keladi.