3 000 dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro I.N. fuqaro J.Sh.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishri qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.