3 tup noyob daraxtni kesgan shaxs jarimaga tortildi
21 dekabr kuni Samarqand shahri Kimyogarlar qo‘rg‘oni Darg‘om yo‘li ko‘chasida joylashgan eski 90-bolalar bog‘chasi o‘rnida qurilish ishlarini olib borish maqsadida 3 tup klyon daraxtini antiqa usulda yo‘q qilishni rejalashtirganligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro N.M daraxtlar atrofini kovlab tomirlarini boltalab chiqqan. Daraxtlar esa go‘yoki tabiiy holda yiqilgandik ko‘rsatishga uringan.
Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga binoan, BHMning 10 barobari miqdorida jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 34 mln 500 ming so‘m zarari hisoblandi.