30 metrlik “qotil” to‘lqin dunyoni kezib yuribdi
Olimlar har yili yuzlab kemalarni o‘z domiga tortayotgan 30 metrli ulkan okean to‘lqini mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, deb yozadi «Mir novostey» (2020 yil, 37-son) haftanomasi.
Dunyo ummonlarida yirik kemalarni ertaklardagi ajdar singari yamlab yutib yuboradigan sirli “qotil” sanqib yurishi haqida qadimgi dengiz sayyohlari ham aytib o‘tgan. Bunday ulkan to‘lqin hamlasiga Xristofor Kolumb, Vasko da Gamma, Belinsgauzen, Kruzenshtern va boshqa dengiz sayyohlari ham griftor bo‘lishgan.
Statistikaning tasdiqlashicha, keyingi ikki asr mobaynida dengiz va okeanlarda 200 dan ziyod yirik, minglab katta-kichik kemalar suvga g‘arq bo‘lgan. Ularning yarmining cho‘kish sabablari sirligicha qolmoqda.
Aniqlanishicha, hamma gap to‘lqinning balandligida ekan. Sun’iy yo‘ldoshlar dunyo okeanlarida to‘lqinning 30 metr balandlikkacha ko‘tarilishini qayd etmoqda. Hozirgi zamon kemalari va neft platformalari esa ko‘pi bilan 15 metr balandlikdagi to‘lqinga dosh bera oladi, xolos.
T.MUROD tayyorladi.