30 million dollarlik o‘zbek gilosi eksport qilindi

Joriy yilning 25 may holatiga 15 751 tonna (qiymati 30 194 223 million dollarlik) gilos eksport qilindi.
Bu mavsumda ham Qozog‘iston o‘zbek gilosining asosiy xaridori bo‘lib, 7 700 tonna gilos yetkazib berildi. Rossiya Federatsiyasiga 4 551 tonna, Qirg‘izistonga esa 3 320 tonna gilos eksport qilindi.
Raqamlardan ko‘rish mumkinki, eksport qilinayotgan o‘zbek gilosining eng katta qismi ushbu uch mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Belarus, BAA, Polsha, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Tailand kabi davlatlarga 200 tonnaga yaqin gilos eksport qilingan.