380 tinglovchi tadbirkorlikka o‘qitildi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi viloyat filiali tomonidan Bulung‘ur tumanida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzularida o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
Savdo-sanoat palatasi viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda viloyat iqtisodiyot va sanoat, viloyat adliya, viloyat davlat soliq, viloyat bojxona, Markaziy bank viloyat boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari, tovar xomashyo birjasi viloyat filiali va sohaga aloqador boshqa tashkilot mutaxassislari biznesni yuritish borasida tushunchalar berishdi.
22 soatlik o‘quv-seminarlarda 380 dan ortiq tinglovchi qatnashib, mustaqil biznes boshlash, biznes-reja tuzish, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar borasida tushunchaga ega bo‘lishdi.
Haftalik o‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.