400 mingdan ko‘proq oilaga bir martalik moddiy yordam puli beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli beriladi. Bunga respublika byudjetidan qo‘shimcha 380 milliard so‘m ajratiladi.