5-10 mart kunlari respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel hodisalari kuzatilishi mumkin
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 5-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
5-10 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Kutilayotgan kuchli yomg‘ir sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan Farg‘ona hamda Andijon viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi O‘zgidromet manbasida.