5 iyun – Jahon atrof-muhitni himoya qilish kuni
Bu sana 1972 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan va shu vaqtdan boshlab dunyo hamjamiyati tomonidan har yili nishonlanib kelinmoqda.
Endilikda bu sana ommaviy bayram bo‘lib, uning maqsadi tabiiy boylik va resurslarni saqlash uchun say’-harakatlarni birlashtirishdir. U turli mamlakatlarda yurishlar va parad ko‘rinishida, velosiped sayohatlari va “yashil” bayramlar shaklida nishonlanadi.
2021 yilning mavzusi – Ekotizimni tiklash. 2021 yil – bu bizning sa’y-harakatlarimizni qayta ko‘rib chiqish va barqaror kelajak sari birgalikda harakat qilishni boshlash imkoniyatidir.