50 ming AQSh dollari evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Y. shu shaharda yashovchi 50 000 AQSh dollari evaziga “Toshkent-YeI-Meksika-AQSh” yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natishni va’da qilib, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

J.Y.ga tegishli avtomashina ko‘zdan kechirilganida N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qiziga tegishli ID-karta, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma borligi aniqlanib, ashyoviy dalillarning barchasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.