54 yoshli o‘qituvchi marafonda birinchi o‘rinni egalladi
- 18.09.2024 10:16
- 76
- Sport
Avstraliyaning Sidney shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining marafoni o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik Dilfuza Allayarova 50-54 yosh toifasidagi bellashuvlarda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
54 yoshli hamyurtimiz masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yosh toifasidan qat’i nazar o‘zbekistonlik ayol marafonchilar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi o‘ninchi natija bo‘ldi.