Yosh qiz 30 daraja sovuqda muzlab qolib, tirik qolishga muvaffaq bo‘ldi

Bu bema’ni hazil yoki o‘ydirmaga o‘xshaydi. Biroq, voqea haqiqatan ham 1980 yilda AQShning Minnesota shtatida sodir bo‘ldi.

19 yoshli Jin Xilliard mehmondorchilikdan qaytayotgan paytda mashinasi chuqurlikka sirg‘alib ketdi. Mashinasini bu chuqurlikdan mustaqil chiqara olmasligini anglab yetgan qiz voqea sodir bo‘lgan joydan taxminan uch kilometr uzoqlikda yashaydigan do‘sti Uolli Nelson yashaydigan uyga yo‘l olib, o‘sha yerda tunab qolishga qaror qildi.

Yarim tun, harorat 20 daraja sovuq bo‘lib qolgan edi. Qiz dastlab yo‘lda adashdi, bir necha soat sarson yurib, nihoyat izlagan uyni ko‘rdi. U ostonaga yaqin keldi-yu, hushidan ketdi. Keyinchalik uning aytgan so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi xotirasida uyning qiyofasi muhrlanib qolgan, keyin hamma narsa cheksiz zulmatga o‘ralib qolgan.

Uolli uni ertalab soat 7 da ostonada topdi. Butunlay muzlab qolgan Jin qattiq muz haykaliga o‘xshardi. Ayniqsa, uning ochiq ko‘zlari juda qo‘rqinchli edi. Qo‘rqib ketgan do‘sti qizning o‘lib qolgan, deb o‘ylab ichkariga tortdi. Issiq xonada uning burnidan yengil bug‘ chiqa boshladi, Uolli butunlay muzlab qolgan tananing tubida hali ham hayot miltillayotganini tushundi.

Tiriklik belgisi va imkonsiz qutqarilish

Nelson jabrlanuvchini eng yaqin shifoxonaga olib bordi. Yuzi kulrang tusni olgan, ko‘zlari esa butunlay qotib qolgan qizni ko‘rgan shifokorlar uning yuragi daqiqada atigi 12 zarba urayotganinianiqladi. Uning tirikligidan hayratda qolgan shifokorlar ijobiy natijaga erishish imkoniyati deyarli yo‘q, deb aytishdi, chunki qattiq to‘qimalarga dori yuborish uchun igna kiritishning iloji yo‘q edi.

Hatto tana haroratni o‘lchashning ham iloji bo‘lmadi, chunki termometr jabrlanuvchining juda past ko‘rsatkichlariga javob bermadi. Shifokorlar barcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra o‘lishi kerak bo‘lgan, ammo yashashda davom etayotgan bu g‘ayrioddiy bemorni elektr ko‘rpaga o‘rashdi.

Tirik!

Bir-ikki soat o‘tgach, bemor qimirlay boshladi. Va u o‘ziga keldi. Jismoniy jihatdan u o‘zini yaxshi his qilardi, lekin kutilmagan muhit  - shifoxona bo‘limi, olomon shifokorlar, g‘alati hislardan sarosimaga tushdi. Asta-sekin muzlash belgilaridyeyarli oqibatlarsiz yo‘qola boshladi.

Sovuqdan jabrlangan bemor kasalxonada 49 kunyotdi.

Shifokorlar Jinning omon qolishi sabablarini aniq tushuntira olishmadi. Hozir ayol 60 yoshdan oshgan va u oddiy, to‘laqonli hayot kechirmoqda. Faqat asab to‘qimalari shikastlanganligi sababli tanasining ayrim qismlarida sezuvchanlikning yo‘qolishi unga yoshligidagi hayratlanarli sinovlarni eslatib turadi. Yashash imkoniyati bilan solishtirganda, bu shunchaki arzimas ikir-chikirlardir.

Jinning bu sarguzashti bir nechta hujjatli filmlar uchun asos bo‘ldi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.