6 gektar yerni 170 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda noqonuniy yer sotish bilan shug‘ulluvchi shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan K.Z. mahalliy fuqaroga Past Darg‘om tumani hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6 gektar yer maydonini 170 ming AQSh dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan pulning 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.