6 milliard so‘m chakana pul emas. Buning ortidan kamida 200 kishining hayotga qaytishi kutilmoqda
Xalq deputatlari viloyat Kengashining so‘nggi sessiyasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga shuncha summa ajratilishi belgilandi.
Bu pulga eng muhtoj, og‘ir dardga chalinganlarni bepul operatsiya qilish ko‘zda tutilmoqda.
Ochig‘ini aytganda, 6 milliard kichkina summa emas. Agar bir bemorga o‘rtacha 30 million so‘mdan sarflanganda ham 200 kishi "Inson qadri uchun" degan shoirning amaliy ifodasini o‘z taqdiri misolida ko‘radi. Ya’ni, shuncha og‘ir dardga chalingan, ammo moddiy ahvoli tufayli davolanishga qiynalayotganlar uchun muolajalar bepul amalga oshiriladi.
Buning uchun albatta, hududdan saylangan deputatga murojaat qilish kerak.
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan kishi dardman, lekin imkoni yo‘q fuqaroning ismi, sharifini ro‘yxatga olib, navbatsiz, eng muhimi, hech bir to‘lovsiz davolanishini ta’minlaydi.
Demak, bemor, ammo puli yo‘q odam aslo tushkunlikka tushmasligi kerak. Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi E.Turdimovning bu tashabbusini keng targ‘ib qilishimiz, odamlarga tushuntirishimiz kerak.
Unutmang, tashabbus, avvalo, davlat siyosati - inson qadri uchun shoirini amaldagi isboti. O‘z navbatida deputat shunchaki qo‘l ko‘taradigan odam emas, elga nafi tegadigan shaxs ekanligiga dalil bo‘ladi.
Gulzoda Negmatova,
xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.