60 million so‘m grant olgan NNTlar orasida tahririyat ham bor
Viloyat Matbuot uyida “Turli loyihalar asosida o‘tkazilayotgan grant tanlovlarida NNTlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda so‘z olgan xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi rahbari F.Toshev grant uchun taqdim etiliyotgan turli loyihalar aholi ayniqsa, yosh qatlamni ma’naviy ongini oshirishga, kamolotini yuksaltirishga qaratilayotgani bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.
Keyingi paytda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli, eng muhimi, aholi o‘rtasidagi mavqei oshib borayotganining o‘zi yurtimizda bu sohaga bo‘lgan qarashlarning tubdan o‘zgarib borayotgani xususida so‘z yurtildi. NNTlar tomonidan taqdim etilayotgan loyihalar natijasida bir qancha muammolar hal etilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga erishilayotgani e’tirof etildi.
Tadbir davomida jamoat komissiyasining xulosasiga ko‘ra 4 ta NNT va jamoat tashkiloti “Mahallalar obodligini ta’minlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini va tibbiy hamda ekologik madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” nomli uchinchi tanlovda g‘olib bo‘lganligi aytib o‘tildi.
Xususan, Jomboy tumani “Jomboy tongi” gazetasi “Jomboyni – obod va musaffo hududga aylantiramiz” loyihasi uchun, Samarqand viloyat “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazi Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda “Mahalla-ta’lim muassasasi-oila” resurs markazini tashkil etish uchun, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi “Mahallalarda milliy urf-odatlar va umuminsoniy qadiryatlar asosida ibratli kishilar nomlarini abadiylashtirish, xotira kechalarini tashkil etish hamda xalq bayramlarini va boshqa urf odatlarini ommalashtirish uchun, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Oqdaryo tuman muassasasi “Oltin meros” NNT qoshida Oqdaryo tuman hokimligi madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda milliy urf-odatlarimiz, san’at va adabiyot hamda umuminsoniy qadryatlrimizni targ‘ib etuvchi “Miyonkol navolari” nomli sayyor drama teatr truppasi va dostonchilik maktabini tashkil etish tanlov mazmuni asosida ishlab chiqqan loyihalari uchun 60 million so‘mdan grant ajratildi va ularga sertifikat topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida Prezidentimizning 2023 yil 23 yanvardagi qarorining 3-bandiga muofiq 2023 yil 1 fevraldan boshlab Palata va uning hududiy bo‘limlariga Kengash huziridagi nodavlat tashkilotlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondalari hisobidan davlat subsidiyasini ajratish tizimini joriy etish belgilangan xisobga olinib, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rnibosari Sobir Boboqulov tomonidan sohaga oida 9 oylik axboroti eshitildi. Komissiya a’zolari tomonidan yangi takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida “Yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash hamda bandligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun to‘rtinchi tanlovi ham e’lon qilindi, bu haqda keyinroq ma’lumot beramiz.
Husan ELTOYeV.