60 ming 948 nafar abituriyentning 4 ming 823 nafari hujjatlarida xatolik aniqlandi
Jumladan, SamDAQIda 1297 nafar abituriyent (jami abituriyentlarning 16,1 foizi) haqidagi ma’lumotlarda turli xil xatolar kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich TATU Samarqand filialida 179 (8,2 foiz), SamDUda 2180 (7,4 foiz), SamMIda 400 (6,8 foiz), SamISIda 205 (6,5 foiz), “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 72 (6,1 foiz), Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 360 (5,6 foiz), SamDChTIda 189 (3,7 foiz)ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda qabul komissiyalari tomonidan ushbu xatoliklar sabablarini aniqlash va ularni tuzatish choralari ko‘rilmoqda.