85 million so‘mni olib qochib ketgan avtopark ishchisi qidirilmoqda
Firibgarlikda gumonlanuvchi kishi qidiruvga e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Ta’kidlanishicha, 2017 yil 26 sentyabr kuni Yashnobod tumanida 40 yoshli avtopark ishchisi Mirziyodilla M. 25 yoshli Javlon O.ga “Lasetti-Jentra” rusumli avtomobilni arzon narxda olib berishini va’da qilgan.
Buning uchun u Javlondan 85.000.000 so‘m olib, va’dasida turmay, pullarni ham qaytarmasdan qochib yurgan.
Javlon O. ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi va Mirziyodilla M. qidiruvga e’lon qilindi.