9-10-11 iyun kunlari Samarqand shahrida bir qator xalqaro triatlon musobaqalari bo‘lib o‘tadi

9 iyun kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor «Para-triatlon bo‘yicha Samarqand – 2023 Osiyo chempionati» bo‘lib o‘tadi. Dunyo davlatlaridan 80 ta para-sportchi ishtiroki rejalashtirilgan, qatnashchilar 9 ta toifada qatnashadi: jismoniy nuqsonlari va ko‘rish qobiliyati buzilgan sportchilar. Para-sportchilar SPRINT masofasida (750 metr suzish, 20 kilometr velosipedda harakatlanish, 5 kilometr yugurish) bo‘yicha o‘zaro raqobatlashadi.

10 iyun kuni «Samarqand – 2023 Osiyo triatlon kubogi» bo‘lib o‘tadi, dunyoning eng yaxshi sportchilari: 50 nafar ayol va 50 nafar erkak ishtirok etadi. Elita sportchilari STANDART/Olimpiya masofasida (1500 metrga suzish, 40 kilometr velosipedda haratkanish, 10 kilometr yugurish) bo‘yicha bellashadi.

Shu kuni Osiyo kubogi doirasida Markaziy Osiyo sportchilari o‘rtasida (CATA – Central Asia triatlon Association) alohida musobaqa va taqdirlash ma’rosimi bo‘lib o‘tadi.

11 iyun kuni «Samarqand – 2023, triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati» bo‘lib o‘tadi, unda STANDART va SUPER SPRINT masofalarida Elite, U23, 15-17 yoshlar va 16-19 yoshli o‘smirlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha milliy va yoshlar terma jamoasiga saralash o‘tkaziladi.

Shuningdek, shu kuni shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda professionallar toifasiga kirmagan, 300 nafar havaskor triatlonchilar ishtirok etadi. Ushbu musobaka ikki masofada o‘tkaziladi: Olimpiya (1500 metr suzish, 40 kilometr velosipedda harakatlanish, 10 kilometr yugurish) va Super-sprint (350 metr suzish, 13 kilometr velosipedda harakatlanish, 3 kilometr yugurish).

Musobaqa Samarqand eshkak eshish kanali hududida, "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro sayyohlik majmuasida bo‘lib o‘tadi.