Abdulaziz Komilov: "O‘zbekiston tashqi siyosatida Yangi Markaziy Osiyo"
Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovning "O‘zbekiston tashqi siyosatida YaNGI MARKAZIY OSIYo" nomli maqolasi e’lon qilindi.
Unda e’tirof etilishicha, tub o‘zgarishlarga, to‘planib qolgan muammolarni hal etishga, qo‘shnilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda eskirgan yondashuvlardan batamom voz kechishga bo‘lgan ijtimoiy talabni chuqur his qilgan yetakchi – O‘zbekistonning yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbari yangi yaxlit Tashqi siyosat doktrinasini shakllantirdi. Unda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb muammolari, zamonaviy tahdid va xatarlar, yangi dunyo tartibotini shakllantirish va boshqa masalalarga nisbatan O‘zbekistonning qarashlari va yondashuvlari belgilangan.
Doktrinada dunyoning rivojlangan davlatlari bilan teng huquqlilik, o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrikaning yetakchi davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan izchil siyosiy muloqotni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu Doktrinada O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan."Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi"ga erishish eng muhim maqsad qilib qo‘yildi.
Jumladan komilov o‘zi chiqishida Bugungi kunda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralarni haqli ravishda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ko‘prigi, deb atash mumkinligini eslatadi: "2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ichki hujjat – fuqaro ID-kartasini taqdim etgan holda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tish tartibi amal qilayotgani buning tasdig‘idir. Xuddi shunday loyiha Qozog‘iston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda".
❗️ "O‘zbekiston ob’yektiv ravishda Markaziy Osiyoning kelajagi uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Bu omil biz mintaqaning barcha mamlakatlari bilan umumiy chegaralarga ega ekanligimiz bilan izohlanadi. Mamlakatimizda Markaziy Osiyo aholisining yarmidan ko‘pi, mintaqadagi barcha xalqlarning yirik jamoalari yashaydi. O‘zbekiston taraqqiyotining deyarli barcha hayotiy muhim masalalari – suvdan tortib, transport yo‘laklari, mintaqaviy xavfsizlik va savdo-sotiqqachachegaradosh davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan munosabatlarga bog‘liq", — deyiladi maqolada.