Abdulla Aripov nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga taklif etildi

Poytaxtimizda O‘zLiDeP Siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Yig‘ilishda Konstitutsiyamizning 98-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi muhokama etildi. Asosiy qonunimizga binoan Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi. 

Majlisda Abdulla Aripov nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga nomzod sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taklif etilishi belgilandi.