Abdulla Qodiriyning uyini buzishmoqchi
Ijtimoiy tarmoqlarda adibning uyini buzib, muzeyga aylantirilmoqchiligi haqida xabar tarqaldi.
Toshkentdagi buzilish ishlari poytaxtning Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan 37-xonadonga yetib keldi. Ya’ni Abdulla Qodiriy hovlisi buzilib, muzeyga aylantirish jarayonlariga start berildi, deb yozmoqda hordiq.uz.
Muzey qilinishi anchadan beri kutilgan ish. Ammo, Qodiriyning avlodlari ayni damda undan meros qolgan 30 sotixlik hovlida yashab kelmoqda. Uydagi aholi qayerga ko‘chirilishi va ularga qayerdan yer yoki uy berilishi masalasi uy egalarini anchadan beri xavotirga solayotgan muammolardan edi. To‘g‘ri ular ham bobosini uyi muzeyga aylantirib qo‘riqlanishini istaydi, ammo hovlini tashlab chiqib ketib, ko‘chib o‘tadigan yeri yo‘q.
Davlat adib uyini muzeyga aylantirar ekan u yerdagi Abdulla Qodiriy avlodlarini ko‘chada qoldirmasa kerak degan o‘yda edim. Afsuski, shunday bo‘lmadi….
Bir hafta avval Toshkent shahar hokimi Samarqand darvoza mahalla idorasida Qodiriy avlodlari rozi qilingan holda uylarga ko‘chirilishini e’lon qilgan. Keyinchalik 37-xonadon ichida adib avlodlariga boshqacha muomala qilgan.
Hokim Ortiqxo‘jayev Qodiriy chevaralariga «Sen haqiqatan shu uyda yashaysanmi? Yashasang yotgan yostig‘ingni rangi qanaqa? Qo‘shni o‘rtoqlaringni ismi nima? Qaysi maktabda o‘qiysan?» kabi tergov-savollarini bergan.
Toshkent shahar hokimi «Mahallada duv-duv gap» kinosidagi «10 ta qo‘y nima bo‘ladi» qabilida odamlar orasida katta gapirib, xonadon egalari bilan boshqacha gaplashgani aytilmoqda.