“Adolat” SDP: Ishonchli vakil pastdarg‘omlik saylovchilarga Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berdi
“Adolat” SDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Muzaffara Abdiyevaning pastdarg‘omlik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiyaning viloyat va tuman Kengashi xodimlari, xalq deputatlari Past Darg‘om tuman Kengashi deputatlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishonchli vakil nomzod saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari xususida batafsil tushuncha berdi.
Saylovoldi dasturida jamiyatimiz hayoti bilan bog‘liq to‘qqizta yo‘nalishdan iborat dolzarb vazifa belgilangan. Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqanlar tomonidan nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar qo‘llab-quvvatlandi.